Konsultatsiya

Salom,

Agar brendingizni targ'ib qilmoqchi bo'lsangiz, marketingda o'smoqchi bo'lsangiz yoki joriy loyihangizga yechim izlayotgan bo'lsangiz — bu uchrashuv aynan shuning uchun.

Bu dars emas. Bu diagnostika. Siz bitta aniq savol bilan kelasiz, biz esa sababni topib, keyingi qadamlarni yozib chiqamiz.

Odatda shu mavzular ustida ishlaymiz: marketing savollari, brendni kontent orqali tanishtirish, reputatsiya qurish, kontent voronka va strategiya ishlab chiqish.

Uchrashuv 1.5 soatgacha davom etadi va 99$ turadi. Anketani to'ldirasiz — men savolingizni oldindan o'qib, tayyor holda kelaman.

Fazliddin

Davomiyligi
1.5 soatgacha
Format
Bitta savol bo'yicha shaxsiy diagnostika
Narx
99$

Kimga mos kelmaydi

  • “Umuman marketing haqida gaplashamiz” degan so'rovga — savol aniq bo'lishi kerak.
  • Tayyor kontent-plan yoki post yozib berishni kutayotganlarga — bu ijro emas, strategiya.
  • Hozircha 99$ni ajrata olmaydiganlarga — bunday bo'lsa, avval Telegram kanalimdan boshlang.

Anketa

Beshta savol, 1 daqiqa. Savolingizni oldindan bilib olishim uchun kerak.